Hurmatli xaridorlar! Onlayn do’konimizda sotib olingan tovarlarni qaytarish yoki almashtirish zarurati bo’lsa, iltimos, bizning veb-saytimizda tovarlarni almashtirish va qaytarish qoidalari bilan tanishib chiqing.

Maqbul sifatli tovarlarni qaytarish:

  • Maqbul sifatli tovarlarni qaytarish va almashtirish muddati Tovar qabul qilingan kundan o’n kun;
  • Xaridor maqbul sifatli tovarni qaytarishi mumkin bo’lgan shartlar:
    • agar tovar ishlatilmagan bo’lsa;
    • uning Tovar ko’rinishi, iste’mol xususiyatlari saqlangan va Sotuvchidan xarid qilinganligi haqidagi tasdiqlovchi hujjatlar bo’lsa (tovar cheki);
    • Tovar qaytarish uchun o’rnatilgan muddat o’tib ketmagan bo’lsa.

• To‘lovlarni qaytarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Xaridor qaytarib berish uchun belgilangan muddatda CLICK Market veb-saytidagi shaxsiy onlayn yordamchi chatida sifatli tovarlarni qaytarish istagini bildirishi mumkin. Buning uchun saytga kirish va ID raqamini kiritish lozim. Shuningdek, avvalroq +998712310881 telefon raqami orqali qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilib, murojaatning mohiyatini tavsiflab bergan holda, tovarlarni berish nuqtasiga murojaat qilish mumkin;

2. Xaridor joylashgan joydan tovar chiqarilgan joygacha maqbul sifatli tovarni qaytarish uchun qilingan xarajatlar Xaridor tomonidan qoplanadi;

3. Tovarlarni berish joyida qabul qilingandan so’ng, qaytarilgan tovarlar qaytarib berish talablariga muvofiqligi tekshiriladi va unga tegishli baho beriladi;

4. Qoniqarli baho berilgan taqdirda, xaridorga buyurtma berishda tanlangan va to‘langan maqbul sifatli Tovar summasi, yetkazib berish qiymati bundan mustasno, besh ish kuni ichida pul qaytariladi.

Maqbul sifatli tovarlarni almashtirish:

  • Onlayn do’konimizda sotib olingan maqbul sifatli mahsulot, agar so’ralgan o’lcham mavjud bo’lsa, tanlangan o’lcham o’rtasida nomuvofiqlik yuzaga kelgan taqdirda, faqat shunga o’xshash variantga almashtirilishi mumkin;
  • Almashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
  1. Xaridor almashtirish uchun belgilangan muddatda CLICK Market veb-saytidagi shaxsiy onlayn yordamchi chatida sifatli tovarlarni almashtirish istagini bildirishi mumkin. Buning uchun saytga kirish va ID raqamini kiritish lozim. Shuningdek, avvalroq +998712310881 telefon raqami orqali qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilib, murojaatning mohiyatini tavsiflab bergan holda, tovarlarni berish nuqtasiga murojaat qilish mumkin;

2. Xaridor joylashgan joydan tovar chiqarilgan joygacha maqbul sifatli tovarni almashtirish uchun qilingan xarajatlar Xaridor tomonidan qoplanadi;

3. Tovarlarni berish joyida qabul qilingandan so’ng, qaytarilgan tovarlar almashtirish talablariga muvofiqligi tekshiriladi va unga tegishli baho beriladi;

4. Bundan so’ng Xaridorga muvofiq o’lchamdagi o’xshash Tovarga almashtiriladi.

Nuqsonli tovarlarni qaytarish:

  • Nuqsonli tovarlarni qaytarish va almashtirish muddati Tovar qabul qilingan kundan o’n kun;
  • Agar tovar nuqson bilan kelgan bo‘lsa, saytdagi tavsifga mos kelmasa yoki yetkazib berish jarayonida shikastlangan bo‘lsa, xaridor nuqsonli tovarni qaytarishga haqli.
  • Nuqsonli tovarlarni qaytarish xuddi maqbul sifatli tovarlarni qaytarish kabi amalga oshiriladi.

*Ushbu qoidalar maslahat xarakteriga ega va amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan xaridorning sotuvchiga da’volarni taqdim etish bilan bog’liq huquqlarini cheklamaydi.

**Maqbul sifatli mahsulotlar to’liq, barcha qadoqlari va yorliqlari bilan, kiyilmagan/ishlatilmagan holda qabul qilinadi. Aks holda, agar ular ishlatilgan bo’lsa yoki asl nakleyka, stikerlar va qadoqlar yo’q bo’lsa, tovarlarni qaytarib bo’lmaydi.